date

Obama nega o‘zga sayyoraliklar siri yashirin qolmasligini aytdi?

Obama nega o‘zga sayyoraliklar siri yashirin qolmasligini aytdi?

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama o‘zga sayyoraliklar mavzusidagi fikrlari bilan yana e’tibor markaziga tushdi.

Uning aytishicha, agar hukumatda haqiqatan ham o‘zga sayyoraliklarga oid maxfiy dalillar bo‘lganida, bu ma’lumot allaqachon ommaga tarqalgan bo‘lar edi.

Obama Vashingtonda maxfiy ma’lumotlarni to‘liq yashirib qolish tizimi kuchli emasligini ta’kidladi.

U bu haqda hazil aralash fikr bildirib, “Qasam ichaman, qo‘riqchilardan biri allaqachon o‘zga sayyoralik bilan selfi qilib, uni kimgadir yuborgan bo‘lardi”, dedi.

Sobiq prezident yil boshidagi podkastlardan birida ham shu mavzuda fikr bildirgan edi.

U o‘zga sayyoraliklar mavjud bo‘lishi mumkinligini inkor etmagan, ammo ularning Yerga kelganiga ishonmasligini aytgan.

Shuningdek, Obama mashhur “51-hudud” haqidagi mish-mishlarga ham munosabat bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Obama nega o‘zga sayyoraliklar siri yashirin qolmasligini aytdi?