07:26 / 08.02.2022
1 093

Iqtisodchilar go‘shtni ko‘p iste’mol qilish zararli degan fikrga qo‘shilishdi...

Iqtisodchilar go‘shtni ko‘p iste’mol qilish zararli degan fikrga qo‘shilishdi...
Niderlandiyalik tadqiqotchilar «go‘sht solig‘i» aslida qancha bo‘lishi lozimligini hisoblab chiqishdi. Bunda mol, qo‘y, cho‘chqa va parranda go‘shtini iste’mol qilish jahon ekologiyasiga yetazadigan zararni qoplash xarajatlari ko‘zda tutildi, deb yozdi «Top Agrar» nashri.

Hayvon turiga qarab, go‘sht istemoli bilan bog‘liq ekologik zararni to‘liq hisobga olish uchun, sanoati rivojlangan mamlakatlardagi tegishli iste’mol narxlarining kamida 20-60 foizi miqdorida soliqqa tortilishi kerak. Utrext universitetining iqtisodiyot maktabi boshchiligida YEI mamlakatlari qator universitetlari olimlari yaqinda o‘tkazgan tadqiqot shunday xulosa beradi.

Soddaroq tushuntirganda
Iqtisodchilar har bir go‘sht turini yetishtirish global ekologiyaga yetkazadigan zararni quyidagicha hisoblashdi:

Mol go‘shti: 1 kg — 5,16/8,26 yevro
Qo‘y go‘shti: 1 kg — 3,33 yevrogacha
Cho‘chqa go‘shti: 1 kg — 1,74 yevrogacha
Parranda go‘shti: 1 kg — 1,35 yevrogacha

Tadqiqotchilar iste’mol solig‘i xuddi shu tartibda baholanishi kerak, degan fikrga kelishgan. Albatta, bu baholashlar birmuncha tor doirani qamrab olgan. Xususan, chorvachilik faoliyati natijasida havoning ifloslanishi bio xilma-xillik hamda salomatlikka yetkazadigan zarar hisoblanmagan.

Iqtisodchilarning fikricha, go‘sht iste’moli salomatlika yetkazadigan zarar ham qo‘shilganida yangi go‘sht uchun soliqni taxminan uch karra oshirishga to‘g‘ri kelardi.

Go‘sht iste’moli qancha ko‘p bo‘lsa, global ekologik muammolar ko‘lami ham shuncha yiriklashadi. Go‘sht uchun aksizlarning joriy etilishi bunda yechim bo‘lishi mumkin. Aholi salomatligini mustahkamlashda ham bu choralar qo‘l kelishi mumkin, chunki go‘shtni haddan ziyod iste’mol qilish ko‘plab kasalliklarni keltirib chiqarishi bilan ham xavfli, deyishmoqda yevropalik olimlar.

P.S.: Tadqiqot Yevropa ittifoqining rivojlangan mamlakatlari uchun o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iqtisodchilar go‘shtni ko‘p iste’mol qilish zararli degan fikrga qo‘shilishdi...