09:23 / 11.02.2022
1 186

24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi

24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi
Prezidentning 2021 yil 9 iyun kuni «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qabul qilgan farmoniga asosan qurilish materiallari tarmog‘ini boshqarishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qaror bilan respublika hududlaridagi 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Ushbu tumanlarning sanoat infratuzilmasini rivojlantirishga 400 milliard so‘m mablag‘ ajratish belgilangan.

Shuningdek, geologik-qidiruv ishlarini olib borish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Tarmoqni takomillashtirish, sohaga xorijiy investorlarni jalb qilish, eksport ko‘rsatkichlarini oshirish hamda yangi sanoat korxonalarini tashkil etish maqsadida 2022—2026 yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, 2026 yilga borib tarmoq bo‘yicha mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 42,3 trillion so‘mga yetkazish va bunda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning ulushini 2016 yildagi 32,3 foizdan 53 foizgacha yetkazish belgilangan.

Natijada asosiy turdagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanadi. Jumladan, gazobeton, issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallari, qurilish oynasi, sement kabi mahsulotlar bo‘yicha ichki talab qoplanib, mahsulotlarning bir qismi xorijga eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra, 2026 yilga borib qurilish materiallarining eksporti 1,084 milliard dollarga yoki 2021 yilga nisbatan 2,5 baravarga oshiriladi. Asosiy turdagi qurilish materiallarining importi 2020 yilga nisbatan 60 foizga kamayib, 2026 yilda 185,6 million dollarni tashkil etadi.

Tarmoqni rivojlantirishga 2 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 24 ta tuman qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi