12:07 / 13.04.2022
2 031

O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi
2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi 35 million 433 ming 772 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Doimiy aholining 17 million 607 ming 934 nafari ayollar, 17 million 825 ming 838 nafari erkaklardir. 2022 yilning 1 aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 217 904 nafarga ko‘p.

Ma’lum qilinishicha, 1991 yilda O‘zbekistondada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich hozirda 49,7 foizni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, 2021 yil 1 yanvarga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan. 2021 yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh, 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi ayollar va erkaklar soni ma’lum qilindi