Xitoylik ayol o‘zini 305 yoshli imperator deb tanishtirgan firibgarga ishonib, etti million dollarini berdi

Xitoylik ayolga ikki firibgardan biri o‘zini 305 yoshli Syanlunom imperatori deb tanishtirib, ishonchiga kirgan va ayol unga etti million dollar pulini o‘z qo‘li bilan topshirgan, deb xabar bermoqda “Darakchi” nashri.
Ayolning so‘zlariga qaraganda, firibgar “obihayot” suvini ichgani tufayli 305 yoshga kirganligiga, imperator xazinasiga egalik qilish uchun unga pul zarurligiga ishontirgan.
Jabrlangan ayol avvaliga firibgarga “boylikni muzlatish”da kerak bo‘ladigan qandaydir nefrit haykallarni sotib olish uchun 300 ming dollar bergan. Firibgarning sherigi o‘zini tadbirkor Jorj Sorosning jabrlangan o‘quvchisi deb tanishtirgan. Ular ayolni “foyda keltiruvchi biznes”ga 15 million yuan, oradan 4 oy o‘tgandan keyin Shenchjenda yangi texnologiyali firma ochish uchun 30 million yuan ajratishga ko‘ndirgan.
Firibgarlar ehtiyotsizlik tufayli barcha o‘g‘irlangan mablag‘ni ochiqchasiga uy, avtomobil va giyohvand moddalar sotib olishga ishlatgan. Shenchjen sudi firibgarlarni aybdor deb topganiga qaramay, ularga hali jazo berilmagan.
Nashrning ma’lumot berishicha, Xitoyda yuqoridagi kabi firibgarlik jinoyati juda keng tarqalgan. 2013 yilda o‘zini Sin dinastiyasi malikasi deb tanishtirgan 48 yoshli ayol bir qancha odamlardan firibgarlik yo‘li bilan 2,3 million yuanni o‘margan. Bunday holatlarda jinoyatchilar qadimiy xazinaga egalik qilish uchun odamlarni pul zarurligiga ishontirishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing