Sardobaga borgan san’atkorlar, Munisaning yoshligi va Manzuradan jonli ijro (foto, video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 5 may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Madaniyat vazirligi va «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining saxovat va ko‘mak karvoni Sardobaga taniqli san’at vakillari hamrohligida yetib bordi.
«Million» kulgi jamoasi sardori Davron Kabulov esa sardobaliklarga nafaqat o‘zining atagani, balki karantin tufayli Istanbulda qolib ketgan aktrisa Feruza Normatova nomidan ham 27 million so‘mlik kiyim-kechakni topshirdi.