date
views 14 368

Samarqandda o‘quvchilar uzr so‘rash uchun tiz cho‘ktirildi

Samarqandda o‘quvchilar uzr so‘rash uchun tiz cho‘ktirildi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan 21-maktabda sodir bo‘lgan holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Videoda ikki o‘quvchining boshqa bir tengdoshidan tiz cho‘kkan holda kechirim so‘rayotgani ko‘rinadi.

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat 2024 yilning aprel oyida yuz bergan.

Mazkur hodisaning kelib chiqishiga sabab sifatida X.T. ismli o‘quvchining sinfdoshi E.Ya.ga nisbatan haqorat qilgani ko‘rsatilmoqda. Keyinchalik maktab rahbariyati tomonidan X.T. va uning opasi, ota-onasining roziligi asosida E.Ya.ning uyiga kechirim so‘rash uchun olib borilgan. Lekin E.Ya.ning onasi o‘z farzandi oldida tiz cho‘kib kechirim so‘rashni talab qilgan va bu holat videoga olingan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan E.Ya.ning onasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, mazkur holatga yo‘l qo‘ygan maktab direktorining o‘rinbosari, sinf rahbari hamda psixologga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilgan.

Maktab ma’muriyati va profilaktika inspektori tomonidan bunday voqealar yana takrorlanmasligi uchun o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari o‘rtasida zarur tushuntirish ishlari olib borilgani ma’lum qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda o‘quvchilar uzr so‘rash uchun tiz cho‘ktirildi
-->