date
views 6

Nima uchun X avlod — eng omadsiz va ko‘p sinovlarga duch kelgan avlod hisoblanadi?

Nima uchun X avlod — eng omadsiz va ko‘p sinovlarga duch kelgan avlod hisoblanadi?
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, 1965–1980 yillar oralig‘ida tug‘ilgan va «X avlod» deb nomlanadigan insonlar dunyo tarixida eng ko‘p muammo va iqtisodiy sinovlarni boshdan kechirgan avlod sifatida e’tirof etilmoqda.

X avlodi turli davrlarda katta iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga duch keldi. Ular, birinchi navbatda, 1990-yillardagi og‘ir iqtisodiy tanazzulni, 2008 yilgi jahon iqtisodiy inqirozini, COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklarni va rekord darajadagi yuqori inflyatsiyani boshdan o‘tkazishdi.

Bundan tashqari, X avlodiga yosh va talabchan Z avlodi (zuyerlar)ni tarbiyalash va ta’minlash vazifasi ham tushdi. Bu esa ularning allaqachon og‘irlashgan vaziyatini yanada chuqurlashtirmoqda.

Mutaxassislar X avlodining omadsizligi quyidagi asosiy sabablar bilan dalillanganini ta’kidlaydi:

1. Salomatlik bilan bog‘liq muammolar: X avlodi hozirda sog‘lig‘i va hayot tashvishlari jihatidan eng yuqori darajadagi muammolarni boshdan kechirmoqda. Ko‘plab sog‘liq muammolari, ruhiy stress va boshqa shu kabi kasalliklar ushbu avlod vakillarining hayotida ko‘payib ketgan.

2. Iqtisodiy inqiroz va retsessiya: X avlodi nafaqat bir, balki bir necha marta iqtisodiy inqirozlar bilan kurashishga majbur bo‘ldi. Bu esa ularning yaxshi daromad topishi va kelajak uchun yetarlicha mablag‘ to‘plash imkoniyatini keskin kamaytirdi. Ko‘pchilikda zaxira mablag‘ yoki ko‘chmas mulk juda cheklangan.

3. Z avlodi bilan to‘qnashuv: Ish joylari va uydagi yosh avlod — Z avlodi vakillari (zuyerlar) bilan paydo bo‘lgan munosabatlardagi murakkabliklar ham X avlodining hayotini qiyinlashtirmoqda. Zuyerlar ko‘pincha ishlashdan qochadi, kattalar esa ularni tushunishda qiynalmoqda.

Shunday qilib, mutaxassislar X avlodini tarixdagi eng ko‘p muammolarni yengib o‘tgan avlod sifatida qayd etishmoqda. Bu avlod vakillari hozirgi paytda o‘z hayotlari va farzandlari kelajagi uchun yangi yo‘llarni qidirib topishga majbur bo‘lmoqdalar.

Illustratsiya: Igor Bastidas
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nima uchun X avlod — eng omadsiz va ko‘p sinovlarga duch kelgan avlod hisoblanadi?