Kechagina mashhurlik va qahramonlik shohsupasida bo‘lgan bokschilar bugun internet tarmog‘idagi suratlari bilan muxlis va jurnalistlarning tanqidiga uchradi.
Jurnalist Sanjar Said bu haqida shunday yozadi.
O‘zingni bos chempion!
El-yurt hurmatini qozonishdan ko‘ra, uni saqlab qolish qiyinroq. Yaqindagina Olimpiada oltin medallarini qo‘lga kiritgan chempionlarimiz hayotida ham ana shunday og‘ir va mas’uliyatil davr boshlandi. Xo‘sh, ular xalq oldidagi shuhrati, obro‘-e’tibori, hurmatini saqlab qola oladimi? Ayniqsa hammaning qo‘lida kamera, hamma joyda “ko‘z-quloq”lar ko‘paygan bugungi kunda? Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Olimpida sovrindorlari Fazliddin G‘oyibnazarov va Bektemir Meliqo‘zievning qizlar davrasida tushgan rasmlari katta tezlikda tarqamoqda. To‘kin dasturxon, mag‘rur tikilgan nigoh, chiroyli qizlar davrasi (quchog‘i)…
Tashqaridan qaraganda chempionlarimiz o‘zidan ketishni boshladi. Nahotki musobaqalar, chempionatlar, mashg‘ulotlar, navbatdagi g‘olibliklar tugab, sportchilar turli tor davralarning qahramoniga aylanishni boshlagan bo‘lsa? Yoki ko‘rmaganning ko‘rgani qursin, degan naql o‘z kuchini ko‘rsatayaptimi?
Menimcha, sportchi oxirigacha o‘z nomini oqlab, saqlab qolishi shart! Toki unga xavas qilayotgan, u erishgan marralarni ko‘zlayotgan yosh sportchilarning maqsadi chempion kabi shuhrat qozonib, maishat, yaxshi eb-ichish, chiroyli qizlar quchog‘ida savlat to‘kish bo‘lib qolmasin! Ular millat sha’ni, Vatan obro‘si uchun maydonga chiqish va g‘olib bo‘lishni orzu qilsin!Xoy chempionlar, oltin medal olish bilan ish to‘xtab qolmaydi, biz sizlardan yana va yana g‘alabalarni kutib qolamiz. Sizlar endi oddiy odamlar emassiz, millat qahramoniga aylandingiz, hayotingiz shunga munosib bo‘lsin!
Manba: diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?