12:23 / 23.02.2025
109

Koʻzi ojiz ustoz maqom san'atini yosh avlodga etkazmoqda (video)

Koʻzi ojiz ustoz maqom san'atini yosh avlodga etkazmoqda (video)
Shahriyor Dodojonovning koʻzlari ojiz, u dunyoni koʻra olmaydi, lekin uni maqom sadolarida eshitadi. Sogʻligʻi bilan bogʻliq cheklovlarga qaramay, u oʻqituvchi boʻlib, hozir bolalarga an'anaviy san'atdan saboq bermoqda.

“Ota-onalar farzandini olib keladi va oʻylashadi: qanday dars oʻtar ekan? Keyin bir-ikki marta oʻzlari kirib, dars faoliyatimni koʻrganidan keyin xursand boʻlishadi. Haqiqatdan ham yaxshi dars oʻtar ekan, deb menga iliq fikrlar bildirishgan”, - deydi u.

Shahriyor bolaligidan artist boʻlishni orzu qilgan, koʻzi ojizlik unga toʻsiq boʻlmagan. Oilasi, ustozlari va kursdoshlarining qoʻllab-quvvatlashi bilan u Oʻzbekiston Davlat san'at va madaniyat institutini tamomladi, endi esa Sirdaryo viloyatidagi kichik shaharchada bolalarga maqomni oʻrgatmoqda.

“Men shunday fikrdamanki, chet el qoʻshiqlarini eshitgandan koʻra, oʻzimizning maqom ashulalarimizni, ustozlar qoldirgan an'anaviy ashulalarni chiroyli qilib, sayqal berib aytsa, albatta, yoshlar ham tinglaydi”, – deydi Dodojonov.

U har bir oʻquvchiga alohida munosabatda boʻlib, maqom ijrosining murakkabligiga qaramay, hech kimni ajratmaydi.
“Men oʻylaymanki, ustozning hech qachon shogird tanlashga haqqi yoʻq, chunki shogirdlar keladi. Ularning ustoz tanlashga haqqi bor. Lekin ustoz kelgan oʻquvchi bilan munosabatni qilib, ilk saboqni beradi. Agar oʻsha bolaning oʻzida qobiliyat boʻlsa, oxirigacha olib ketadi. Yoki oʻzini boshqa sohada sinashga majbur boʻladi”, - deydi u.

Sputnik Oʻzbekiston lavhasida Shahriyor oʻz hayotidagi qiyinchiliklarni qanday enggani, an'anaviy san'atni saqlab qolish nima uchun muhimligi va oʻquvchilariga qanday yondashishini hikoya qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat