Mashhur xonanda va dizayner Hamdam Sobirov oʻzining yaqin doʻsti, hamkasbi Ozoda Nursaidovani tugʻilgan kuni bilan tabrikladi. U studiyaga katta guldasta va sovgʻalar koʻtarib kirib keldi.
Kadralarda Hamdamning samimiy yuz ifodasi, Ozodaning esa ta’sirlangan quvonchli tabassumi yaqqol koʻrinadi. Xonanda “Bu mening ukam”, deya mehr bilan qarshi oldi va guldastani qabul qildi. Shu payt yigʻilganlar ularni qarsaklar bilan qoʻllab-quvvatlashdi, muhit samimiy va bayramona boʻldi.
“Oʻzbekiston, biz va muxlislaringiz baxtiga doimo sogʻ boʻling. Siz — haqiqiy legenda siz”.
Bu voqea ijodkorlar orasidagi doʻstlik va hurmat ramzi sifatida qabul qilindi. Ozoda Nursaidova esa har doimgidek jozibali koʻrinishi va yorqin tabassumi bilan muxlislar qalbidan yana oʻrin oldi.
Studiyadagi bu samimiy lahzalar nafaqat hamkasblar, balki uning ijodini sevuvchi minglab muxlislarni ham hayajonga soldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!