Bugun, 21-oktabr — mashhur xonanda,san’at olamining yorqin vakilasi Munisa Rizayevaning tug‘ilgan kuni! Ko‘plab muxlislar tomonidan sevilgan san’atkor bu yilgi tug‘ilgan kunini oila davrasida, xorijda – quyoshli Dubay shahrida nishonlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning o‘zi bilan bo‘lishgan lavhalardan ko‘rinib turibdiki, bayramona tong go‘zal gullar va romantik syurpriz bilan boshlangan. Munisa Rizayeva bu sovg‘alarni turmush o‘rtog‘i tomonidan tayyorlanganligi, uning e’tiboridan har doim minnatdor ekanligini iliq so‘zlar bilan ta’kidlab o‘tdi.
Xonandaning muxlislari esa uni samimiy tilaklar, duolar va mehrli so‘zlar bilan tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabriklamoqda. Ko‘pchilik san’atsevarlar Rizayevaning san’atga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, unga ijodiy parvozlar tilamoqda.
Munisa Rizayeva — nafaqat betakror ovoz, balki insoniy fazilatlari bilan ham san’at olamida alohida o‘rin egallagan ijodkor. Uning bayrami munosabati bilan san’at ixlosmandlari unga sog‘liq, baxt, va yana ko‘plab yutuqlar tilamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!