date

JISOO va Zeyn Malikdan romantik duet taqdim etildi (video)

JISOO va Zeyn Malikdan romantik duet taqdim etildi (video)

Janubiy Koreyalik “Blackpink” guruhi a’zosi JISOO va Britaniyalik xonanda Zeyn Malik “Eyes Closed” nomli yangi duet qo‘shiqni taqdim etishdi. Ushbu trek “Warner Records” leybli ostida juma kuni chiqarildi.

Qo‘shiq “fall in love with our eyes closed” mavzusini pianino, akustik gitara, bas-sintezator va atmosfera tovushlari uyg‘unligida namoyon etadi.

JISOO hozirda “Blackpink” guruhi bilan “Deadline World Tour” doirasida jahon bo‘ylab gastrollarda ishtirok etmoqda. U tur davomida “Amortage” mini-albomi qo‘shiqlarini ham jonli ijro etmoqda. Mazkur albom mart oyida chiqib, Janubiy Koreya musiqa chartida 1-o‘rinni egallagan va olti oy ichida yarim milliardga yaqin strim to‘plagan.



Zeyn Malik esa 2026 yil yanvarda Las-Vegasdagi “Dolby Live” sahnasida o‘z solo konsertlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U shuningdek, yaqinda “Borderlands 4” o‘yini uchun yozilgan “Break Free” qo‘shig‘ini ham namoyish etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » JISOO va Zeyn Malikdan romantik duet taqdim etildi (video)