“Bravo” jamoasining sobiq a’zosi, yumoristik aktrisa Shahloxonim 21 oktyabr kuni, o‘z tug‘ilgan kunida “Baxting muborak” nomli yangi qo‘shig‘ini teatr sahnasidagi premera orqali namoyish etdi.
Premera Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida spektakl ko‘rinishida o‘tkazildi. Tadbirda Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Ra’no Shodiyeva, Rixsitilla Abdullayev, hamda iqtidorli aktrisa Nigina Jabborova kabi mashhur ijodkorlar ishtirok etdi.
Shahloxonimning shaxsiy YouTube kanalida ma’lum qilinishicha, qo‘shiqqa yangilik va sahna ta’mi berish maqsadida uni teatral ko‘rinishda taqdim etish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Spektaklning to‘liq versiyasi ham yaqin kunlarda YouTube'ga joylanishi aytilgan. Qo‘shiqning o‘zi esa 21 oktyabr kuni barcha musiqiy platformalarda taqdim etildi.
Shahloxonim yangi qo‘shig‘ini teatr sahnasida namoyish etdi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar