date

Apple va “Formula-1” 750 million dollarlik katta bitim tuzdi

Apple va “Formula-1” 750 million dollarlik katta bitim tuzdi

2026 yildan boshlab Apple TV AQSHdagi barcha “Formula-1” poygalarini eksklyuziv ravishda efirga uzatadi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple va “Formula-1” rahbariyati 5 yillik striming hamkorligi bo‘yicha kelishuvni imzolagan. Bitim umumiy qiymati 750 million dollarni tashkil etadi.

Shartnoma doirasida Apple TV obunachilari uchun barcha mashg‘ulotlar, saralash bosqichlari, sprint poygalari va Gran-prilar ingliz hamda ispan tillarida jonli efirda namoyish etiladi. Shu bilan birga, ayrim poygalar va mashg‘ulotlar mavsum davomida Apple TV ilovasida barcha foydalanuvchilar uchun bepul taqdim etiladi.

Apple kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, bu hamkorlik “Formula-1” translyatsiyalarini yanada jonli, zamonaviy va qiziqarli ko‘rinishda namoyish etish imkonini beradi. Har ikki tomon kelishuv AQSHda avtosport muxlislarining yangi to‘lqinini yaratishiga ishonch bildirgan.

Hozircha moliyaviy tafsilotlar rasman ochiqlanmagan. Biroq Variety manbasiga ko‘ra, Apple “Formula-1” uchun har yili o‘rtacha 150 million dollar to‘laydi.

Shuningdek, kompaniyalar ilgari ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan — Bred Pitt ishtirokidagi “Formula-1” filmi aynan shu hamkorlik natijasi bo‘lib, u aktyor karerasidagi eng daromadli kartinalardan biriga aylangan. Filmning umumiy daromadi 600 million dollardan oshgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Apple va “Formula-1” 750 million dollarlik katta bitim tuzdi