
Angliyaning sobiq darvozaboni Skott Karson futbolchilik faoliyatini yakunladi. U o‘zining bu qarorini shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Euro-football.ru yozishicha, Karson sentabr oyida 40 yoshga to‘ldi. Skott Karson so‘nggi olti yilini “Manchester Siti” tarkibida o‘tkazdi va asosan uchinchi darvozabon sifatida harakat qildi.
Shu davr mobaynida u atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. U 2007-2011 yillarda Angliya terma jamoasiga ham chaqirilgan.
Karson futbolchilik faoliyati davomida “Lids”, “Charlton”, “Vest Bromvich” kabi bir qator ingliz klublarida o‘ynagan. Uning faoliyatini yakunlaganiga “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ham munosabat bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar