date

“Ferrariga pulim yetmadi” — Rayhonning hazili internetni portlatdi!

“Ferrariga pulim yetmadi” — Rayhonning hazili internetni portlatdi!
Mashhur o‘zbek xonandasi Rayhon so‘nggi kunlarda muxlislarini qiziqtirgan savolga ijtimoiy tarmoqlarda hazil bilan to‘ldirilgan videomurojaat orqali javob berdi. U o‘zining Instagram sahifasida joylagan noodatiy va hazilomus videoda quyidagicha degan:

“Ferrariga pulim yetmadi, remontga ketib qoldi.”

Bu videoning izoh qismida esa xonanda quyidagicha tushuntirish bergan:

“Yaqinda qo‘ygan reelsdan keyin ko‘pchilik men yangi mashina oldim deb o‘ylashdi. Albatta, bu hazil edi. Remontdan keyin faqat shunday Ferrarini o‘zimga ruxsat bera olaman.”

Ushbu videochiqish muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ko‘plab fikrlar va kulish belgisi ifodalariga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Ferrariga pulim yetmadi” — Rayhonning hazili internetni portlatdi!