Rus kinematografiyasining buyuk namoyondalaridan biri Andrey Tarkovskiyning “Andrey Rublyov” filmiga oid ssenariy kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda. Litfond auksioni 24 aprel kuni o‘tkaziladi, deb xabar berdi Moskva shahar axborot agentligi.
Qimmatbaho lotning boshlang‘ich narxi — 300 ming rubl. Bu nusxa rejissyorning shaxsiy qaydlari, chizmalari va film haqidagi izohlarini o‘z ichiga olgani uchun ayni haqiqiy nodir eksponat hisoblanadi.
Auksionda shuningdek film bilan bog‘liq yana bir qator artefaktlar ham taklif etiladi. Ular orasida prodyuser va rassom Pavel Safonov arxividan olingan fotosuratlar, ijodiy eskizlar, Tarkovskiyning portretlari va suratga olish joylaridan biri — Izborsk qal’asi tasvirlangan fotolar mavjud.
“Andrey Rublyov” filmi XIV asrda yashagan talantli ikonopis rassom haqida bo‘lib, uning ruhiy izlanishlari va ijodiy ozodlikka intilishini ko‘rsatadi. Uch soatlik film orqali Tarkovskiy inson ruhiyatini, imon va so‘fiylikni chuqur tahlil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!