Gollivud aktrisasi Kristen Bell Disney'ning mashhur multfilmi — “Muz yurak”ning uchinchi qismi yaratilayotganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktyorlar jamoasi yaqin vaqtlarda suratga olish jarayonini boshlaydi.
Anna obrazini ijro etuvchi Bell ssenariy bilan tanishib chiqqanini ma’lum qildi, ammo tafsilotlarni hozircha oshkor etmasligini aytdi.
— “Men hozircha bu haqda ko‘p gapira olmayman. Hammasi sir saqlanmoqda”, — dedi Bell WSJ jurnaliga bergan intervyusida
Uning ta’kidlashicha, loyiha hozir ijodiy ishlab chiqish bosqichida:
— “Bu jarayonda asosan g‘oyalar muhokama qilinadi. Disney'ning afzalligi — har bir bosqichda mukammallikka intilishidir. Har bir jihat qayta-qayta ko‘rib chiqiladi, natijada film ideal darajada chiqadi”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Muz yurak 3” premerasi 2027 yilga rejalashtirilgan. Ilk vizual eskizlarda Elza oq otda, Anna esa qo‘ng‘ir kiyikda aks etgan bo‘lib, bu kadrlar muxlislarda yangi sarguzashtlar haqida qiziqish uyg‘otgan.
Eslatib o‘tamiz, “Muz yurak”ning ilk qismi 2013 yilda namoyish etilgan va Disney'ga “Oskar” mukofotini olib kelgan. Ortidan chiqqan ikkinchi qism esa dunyo prokatlarida 1 milliard dollardan ortiq daromad topgan hamda Into the Unknown kabi mashhur qo‘shiqlarni tomoshabinlarga taqdim etgan.
Ma’lumot uchun, avvalroq Disney studiyasi “Aristokrat mushuklar” multfilmining remeyk versiyasini suratga olmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!