date

“Arsenal” 15 yoshli Maks Douman bilan ikki yillik shartnoma tuzdi

“Arsenal” 15 yoshli Maks Douman bilan ikki yillik shartnoma tuzdi
“Arsenal” klubi 15 yoshli yarim himoyachisi Maks Douman bilan yoshlar shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Douman joriy mavsumda Premer-liga doirasida ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Maks Douman boshqa klublardan ham foydali shartnomalar taklifini oldi.

Shunga qaramay, u faoliyatini aynan “Arsenal”da davom ettirishga qat’iy qaror qildi. Yangi shartnoma futbolchini ikki yil davomida “Arsenal” bilan bog‘laydi.

Douman 16 yoshga to‘lishi bilanoq, London klubi unga dastlabki professional shartnoma shartlarini kelishishni taklif qilishi mumkin. Bunday kelishuvni futbolchi 17 yoshga yetgach, imzolash huquqiga ega bo‘ladi.

Maks Douman 16 yoshni 31 dekabr kuni qarshi oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” 15 yoshli Maks Douman bilan ikki yillik shartnoma tuzdi