
2025 yil 3 dekabr kuni "28 Yildan so‘ng. Ikkinchi Qism: Suyak Ma’bad" filmi treyleri internetda e’lon qilindi.
Promo video bilan birga film uchun maxsus plakat ham taqdim etildi, deb xabar beradi The Holliwood News. Loyihaning rejissyori Nia DaKosta bo‘lib, ssenariyni franshizaning muallifi Aleks Garland yozgan.
"28 Yildan So‘ng" Britaniyada "Qahr-g‘azab" virusi sababli yuz bergan halokatli voqealar haqida hikoya qiladi. Ushbu infeksiya odamlarga ta’sir qilib, ularni aqldan ozgan va nihoyatda tajovuzkor mavjudotlarga aylantiradi.
Film voqealari dastlabki epidemiyadan bir necha o‘n yillar keyin sodir bo‘ladi. Kartinada Ralf Fayns, Jek O’Konnel, Ering Kelliman va boshqa aktyorlar ishtirok etadi.
Qo‘rqinchli filmning premerasi 2026 yil 14 yanvarda kinoteatrlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.