"Zveropolis 2" 1,7 milliard dollar yig‘ib, Gollivud tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan multfilmga aylandi

Disney’ning "Zveropolis 2" multfilmi jahon prokatida 1,7 milliard dollar yig‘ib, yangi kassa yutug‘iga erishdi. Bu summa uni Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatli animatsion filmga aylantirdi, chunki u avvalgi rekordchi - "Boshqotirma 2"ni (1,69 milliard dollar) ortda qoldirdi. Biroq mutlaq jahon rekordini hamon Xitoyning "Nechja 2" multfilmi (2,25 mlrd dollar) ushlab turibdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Bunday daromadlar bilan "Zveropolis 2" barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlari ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.
Noyabr oyida namoyish etilgan kartina birinchi kunlardanoq rekordlarni yangiladi: uning besh kun ichida 559,5 million dollar bilan boshlanishi animatsiya tarixidagi eng yaxshisi bo‘ldi. Umuman olganda, multfilm Shimoliy Amerikada $390 mln, xorijda esa $1,31 mlrd yig‘di. Ayniqsa, "Zveropolis 2" Xitoyda iliq kutib olindi, u yerda uning daromadlari 619 million dollarni tashkil etdi. Tasma, shuningdek, Disney tarixidagi eng yuqori daromad keltiruvchi bo‘ldi.
"Zveropolis"ning davomi sifatida quyon Judi Xopps va tulki Nik Uayld Zveropolisdagi hayotni abadiy o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan sudralib yuruvchilar sirini ochish uchun birlashadi.
Ayni paytda Xitoyda yoshlar "Zveropolis 2" filmidagi Gari ilonidan ilhomlanib, sudralib yuruvchilarni sotib olishni boshladilar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!