Gulinur va Janob Rasulning kutilmagan dueti muxlislarni lol qoldirdi (video)

18 yanvar kuni Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tgan Gulinur konserti tomoshabinlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. San’atkor kutilmagan chiqishi bilan muxlislarni hayratga soldi va sahnaga chiqishi alohida ta’sir qildi.
Gulinur muxlislari uchun Janob Rasul bilan duet kuyladi. Ushbu duet esa o‘zgacha sahna chiqishi bilan boshlanib, butun zalni jonlantirdi va muxlislarning hayqirig‘iga sabab bo‘ldi. Duetdan tasvirlangan video post Gulinur va Janob Rasul profilida joylandi va tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar postni iliq kutib olib, samimiy izohlar qoldirishdi.
Shuningdek, konsert davomida Gulinur Bobur Bekarapbayev va Jasurbek Mavlonovlar bilan ham duetlar ijro etdi. Har bir chiqish zalni jonlantirib, tomoshabinlarga unutilmas musiqiy lahzalar sovg‘a qildi.