date

Farruh Komilov: “Ayolimni sevishimning sababini o‘zim ham bilmayman” (video)

Farruh Komilov: “Ayolimni sevishimning sababini o‘zim ham bilmayman” (video)

Xonanda Farruh Komilov “s.music.tv” telekanaliga bergan intervyusida oilaviy hayoti, turmushi va ayoliga bo‘lgan samimiy munosabati haqida ochiqchasiga so‘zlab berdi. San’atkor suhbat davomida to‘y masalasida tashabbus aynan o‘zidan bo‘lganini ham yashirmadi.

Uning aytishicha, turmush qurishdan avval sevgan tomon aynan o‘zi bo‘lgan, ayoli esa vaqt o‘tib bu muhabbatni his qilgan.

— “Haqiqiy sevgi — bir insonni nima uchun yaxshi ko‘rayotganingni tushuntirib bera olmasang, mana shu sevgi bo‘ladi. Ayolimga ham ko‘pincha: 'Bilmayman, nima uchun seni yaxshi ko‘raman', deyman. Bu biror sabab, tashqi jihat yoki xususiyat uchun emas. Bu tuyg‘uni Alloh insonning qalbiga joylab qo‘yadi”, — deydi xonanda.

Farruh Komilovning ta’kidlashicha, ular turmush qurganiga 16 yil bo‘lgan va bu yillar davomida uning muhabbati yanada mustahkamlangan.

— “Men ayolimni yaxshi ko‘rib uylanganman. Ayolim esa o‘sha paytda sevib emas, 'turmushga chiqishim kerak ekan, mayli yaxshi inson' degan fikr bilan turmushga chiqqan. Hozir ham o‘sha qarashda. Ammo eng muhimi — hurmat, sadoqat va tinchlik bor”, — deydi u.

Xonandaning ushbu samimiy iqrori muxlislar orasida ham katta qiziqish uyg‘otib, ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Farruh Komilov: “Ayolimni sevishimning sababini o‘zim ham bilmayman” (video)