date

Elyor Meliboyev yangi qo‘shig‘i bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi (video)

Elyor Meliboyev yangi qo‘shig‘i bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi (video)

Yosh xonandalardan biri Elyor Meliboyev o‘zining yangi ijodiy ishini tinglovchilar e’tiboriga havola etdi. U kecha, 15 may kuni “Umr yo‘ldoshim” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini rasmiy tarzda taqdim qildi.

Mazkur qo‘shiq YouTube platformasiga joylanganidan so‘ng qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi. Videoni bir necha soat ichida 31 mingdan ortiq foydalanuvchi tomosha qildi.

Tinglovchilar tomonidan qo‘shiq iliq kutib olinib, izohlarda asosan ijobiy fikrlar qoldirilmoqda. Ko‘plab muxlislar ijodkorning ovozi va qo‘shiqning mazmunini yuqori baholab, unga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Shuningdek, foydalanuvchilar Elyor Meliboyevning kelgusi ijodiy ishlari ham shunday e’tibor va iliq kutib olinishiga umid bildirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Elyor Meliboyev yangi qo‘shig‘i bilan tomoshabinlarni lol qoldirdi (video)