16:26 / 29.10.2018
3 600

“Rossiya 1” teleloyihasida ko‘zi bog‘liq haykaltarosh g‘olib bo‘ldi

“Rossiya 1” teleloyihasida ko‘zi bog‘liq haykaltarosh g‘olib bo‘ldi
Ostonalik rassom Renat Yelubayev “Rossiya 1” telekanalining “Ajabtovur odamlar” (“Udivitelnыe lyudi”) teleloyihasi g‘olibi bo‘ldi. Rassom ilk marta ko‘zlarini bog‘lagan holda haykal yasadi, deya xabar berdi “Turon24” axborot agentligi.

Teleloyihaning uchinchi mavsumida 6 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan jami 56 ijodkor ishtirok etgan. Yakuniy bosqichda Renat Yelubayev armanistonlik Artur Mikayelyan va rossiyalik Ruslan Gavryushenkolar bilan bahs boylashgan. Tanlov g‘oliblari tomoshabinlarning ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Natijaga ko‘ra, Renat Yelubayev mutlaq g‘olib sifatida 1 mln rubl mukofoti bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Rossiya 1” teleloyihasida ko‘zi bog‘liq haykaltarosh g‘olib bo‘ldi