06:00 / 30.04.2019
6 241

«Milliy» telekanalida diniy-tarixiy mavzudagi ikkita teleserial namoyish etilmaydigan bo‘ldi

«Milliy» telekanalida diniy-tarixiy mavzudagi ikkita teleserial namoyish etilmaydigan bo‘ldi
Muborak Ramazon oyida «Bani Hoshimdan chiqqan oy» va «Umar ibn Hattob» teleseriallarining takroriy namoyishini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «maqsadga muvofiq emas», deb topdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘mitaning bu haqdagi xati nusxasi tarqaldi.

«Milliy» telekanalining murojaatiga javob berar ekan, qo‘mita rasining o‘rinbosari N.Abulhasan buni «...zamon jihatdan eskirgani, aholining ko‘pchilik qismi tomonidan ko‘rib bo‘lingani» bilan izohlaydi. Shuningdek, telekanalga «... ichki imkoniyatidan foydalangan holda o‘z diniy-ma’rifiy dasturlarini ishlab chiqishni tavsiya» qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Bani Hoshimdan chiqqan oy» va «Umar ibn Hattob» teleseriallari diniy-tarixiy mavzuda bo‘lib, o‘tgan yili «Sevimli» va «Milliy» telekanallarida namoyish etilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Milliy» telekanalida diniy-tarixiy mavzudagi ikkita teleserial namoyish etilmaydigan bo‘ldi