Foto: Reuters
O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi hamda madaniy va pazandalik an’analari haqida mashhur aktyor Jerar Deparde ishtirokida hujjatli film suratga olayotgan Fransiyaning B-Tween prodyuserlik kompaniyasi ijodiy guruhi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.
Mazkur kinokompaniya Fransiya va xorijda kino va filmlar suratga olish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda Deparde ishtirokida film suratga olish loyihasi O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
«Ipak yo‘li» filmi Depardening yana bir aktyor hamrohligida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘ladi, arxitektura va madaniy yodgorliklar,o‘zbek hunarmandlarining ishlari va milliy oshxona bilan tanishadi.
Film mualliflari, shuningdek, Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida ham bo‘ladi. Fransiyalik kinoijodkorlar tomoshabinlarga shuningdek, O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqida hikoya qilishadi.
Davomiyligi 52 daqiqa bo‘lishi kutilayotgan film Fransiya telekanallarida namoyish etiladi. Filmni suratga olish ishlarini sentyabrda boshlash rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi