"O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Baron 2" filmini ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida suratga olish rejalashtirilgan.
"Baron 2: Qaytish" kartinasi "O‘zbekkino" hamkorligida Rossiyaning "Inferno" prodyuserlik markazi tomonidan suratga olinishi ma’lum qilindi.
"Bu film haqiqiy bomba bo‘ladi va albatta, bu O‘zbekistondagi eng talantli rejissyor Rustam Sagdiyev tufayli. U o‘zini ayamaydi. Sidqidildan yondashadi. Filmda o‘zbek aktyorlari, rossiyalik aktyorlar, qozog‘istonlik yulduz, Belarus, Turkiya, Misr va Suriyadan artistlar rol ijro etishgan", - dedi kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya kinoforumi davomida "Inferno" prodyuserlik markazi rahbari Ivan Arxipov.
Eslatib o‘tamiz, jangari ruhdagi filmning birinchi qismi 2016 yil 15 yanvarda katta ekranlarga chiqqan va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Film davomida aktyor Farhod Maxmudov ishtirok etishi ma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi