6 580
Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri bo‘ldi. Endi to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi? (video)
Foto: YouTube
22 yanvar kuni Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov nomzodi madaniyat vaziriligiga ko‘rsatildi.
O‘zbekiston xalq artisti «Sevimli» telekanaliga bergan intervyusida vazir bo‘lganidan so‘ng xonandalik faoliyatini davom ettirishi yoki to‘xtatishi haqidagi savolga javob berdi:
«Ehtimol mana shu vazirlikda biroz tartib o‘rnatilganidan keyin buniyam shu parlamentga murojaat qilib, agar ijodkor odamlar davlat ishiga keladigan bo‘lsa, ular uchun ijodiy kun ajratilishini talab qilarmiz. Haftada besh kun ish ikki kun ijodiy kun deb imkoniyat berish kerak. Bu bizning ichki dardimiz ham. Men masalan, hozir ikki yarim yil mobaynida uyqumning hisobidan g‘uborimni chiqaryapman uyga borganda yoki studiyaga borganda. Uyqumning hisobidan. Dam olish kunlari deyarli yo‘q. Ish juda ham ko‘p», — deydi Ozodbek Nazarbekov.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov bunga qadar sobiq madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning birinchi o‘rinbosari edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi