22:13 / 13.03.2020
6 554

Nilufar Usmonova onasining konsertida bek-vokalda kuyladi

Nilufar Usmonova onasining konsertida bek-vokalda kuyladi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Xalqlar do‘stligi» saroyida 10—25 mart kunlari o‘zining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilmoqda. San’atkorning qizi Nilufar Usmonova konsert dasturida bek-vokalda onasiga jo‘r bo‘lmoqda. Nilufar Instagram’dagi sahifasida muxlislariga murojaat qilib, ularning mehriga munosib san’atkor bo‘lishni boshlaganini yozib qoldirdi.

«Repititsiyaga kelib o‘zimni muxlisim, sa’natim bor, menga og‘ir keldi deb ketvormoqchi edim. Buni to‘g‘ri tushuntirish niyatida repititsiyaga yana bordim va yoshi katta insonlardan tortib, farzandimdan ham kichiklarni bu jamoada jon-jahdi bilan qilgan mehnatlarini ko‘rib fikrimdan ham, qarorimdan ham, uyalib ketdim. Shunchalik ham qo‘rqoq bo‘lasanmi, onang bo‘lgani bilan uning butun jamoasi jonini jabborga berib ishlayapti, san ham san’atingni fidoyisi bo‘lolmaysanmi deb o‘zimni koyidim.

Buni sizlar bilan bo‘lishganimning sababi, bu jamoaga kelganimdan so‘ng ayam dangasalikni ichimdan yulib otdilar, san’atga boshqacha nazar bilan qarashni, qadrlashni o‘rgatdilar. Konsertda bek-vokalda jo‘r bo‘lib turibmiz. Bilasizlar ayam ham bek-vokaldan boshlaganlar. Bundan hecham achinmayman. Sizlar bilan internetda ko‘p muloqot qilolmayapman. Vaqt ham, imkon ham bo‘lmayapti. Bilaman meni yaxshi ko‘rasizlar va men shu sevgingizga arzigulik san’atkor bo‘lishga harakat qilishni ‘Bismilloh’ deb boshladim. Inshaallah menga mehr berganingiz uchun sizlarni hech qachon afsuslantirmayman», —deb yozadi Nilufar Usmonova.
View this post on Instagram

Repititsiyaga kelib o'zimni muxlisim, san'atim bor, manga og'ir keldi deb ketvormoqchi edim???? Buni to'g'ri tushuntirish niyatida repititsiyaga yana bordim va yoshi katta insonlardan tortib, farzandimdan ham kichiklarni bu jamoada jon-jaxti bilan qilgan mehnatlarini ko'rib fikrimdan ham qarorimdan ham uyalib ketdim???? Shunchalik ham qo'rqoq bo'lasanmi, onang bo'lgani bilan uning butun jamoasi jonini jabborga berib ishlayapti, san ham san'atingni fidoyisi bo'lolmaysanmi deb o'zimni koyidim???????? Buni sizlar bilan bo'lishganimni sababi, bu jamoaga kelganimdan so'ng ayam dangasalikni ichibdan yulib otdilar, san'atga boshqacha nazar bilan qarashni, qadrlashni o'rgatdilar. Konsertda Bek vocalda jo'r bo'lib turibmiz ☺️ Bilasizlar ayam ham bek vocaldan boshlaganlar???? Bundan hecham achinmayman. Sizlar bilan internetda ko'p muloqot qilolmayapman. Vaqt ham imkon ham bo'lmayapti. ???? Bilaman meni yaxshi ko'rasizlar va men shu sevgingizga arzigulik san'atkor bo'lishga harakat qilishni Bismilloh deb boshladim. Inshaallah manga mehr berganingiz uchun sizlarni hech qachon afsuslantirmayman❤️???? Photo by @davidov_bakhtiyor

A post shared by Aisha ????Nilufar Usmonova (@nilufarusmonova) on


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova onasining konsertida bek-vokalda kuyladi