19:19 / 22 марта 2020
2 035

Burak O‘zchivit serialning bir qismida suratga tushish uchun qancha haq olishi ma’lum qilindi

Burak O‘zchivit serialning bir qismida suratga tushish uchun qancha haq olishi ma’lum qilindi
Turkiyaning eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlari reytingi e’lon qilindi, deb yozadi “Daryo”.

Ushbu reytingning birinchi o‘rnini “Sevgi iztirobi” filmidagi Kamol obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish Burak O‘zchivit zabt etdi. Aktyor serialning bir qismi uchun 210 ming lira (32 ming dollar) oladi.

Shuningdek, “Muhtasham yuz yil” filmi bosh rol ijrochilari Xolid Ergench va Marem Uzerli ham Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari sifatida qayd etilgan. Xolid Ergench serialning bir qismi uchun 170 ming lira (26 ming dollar), Uzerli esa 90 ming lira (14 ming dollar) oladi.

Turkiyalik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu reytingdan norozilik bildirib, aslida Xolid Ergench O‘zchivitdan ko‘proq pul olishga munosib ekanligini yozib qoldirgan.

Maryam Uzerli jurnalistlarga Turkiyada aktyorlar aktrisalardan ko‘ra ko‘proq pul olishidan shikoyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Burak O‘zchivit bir yil avval Toshkentga kelib, O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari bilan ziyofatda ishtirok etgandi. Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)