10:16 / 11.09.2020
7 436

Aziz Rametov nega haligacha uylanmayotgani sababini ma’lum qildi (video)

Aziz Rametov nega haligacha uylanmayotgani sababini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Aktyor va rejissyor Aziz Rametov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Aziz Rametov suhbat davomida hali o‘z yo‘lini topmagani va nega haligacha uylanmayotgani sababi haqida gapirib berdi.

- "Kenja farzandning sho‘xliklari, erkaliklari, ilk qadamlari ota-onaning ko‘proq esida qoladi. Akam juda qattiqqo‘l. Uylangan, hayoti o‘z yo‘liga tushgan. Men san’atkor bo‘lganim uchunmi, bilmadim, tez ozor chekib qolaman, tez jahlim chiqib ketadi — qiziqqonman. Uylanmaganman, hayotda hali o‘z yo‘limni topmaganman. Va birovni ham yo‘ldan chiqarib yuborishim kerak emas.

Onam ham shu narsalardan qo‘rqadilarki, Vatanga foydang tegmayaptimi, zararing ham tegmasin, deydilar. Seni foydang — zararing tegmagani, deydilar. Demak, bir insonga kinongda ham, qo‘shig‘ingda ham foydang ham tegmadimi, zararing ham tegmasin, shunday inson bo‘lgin! Balki, mening zararim ko‘p tekkandir-da. Demak, shuning uchun ehtiyot qilsalar kerak!

Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qolgani bir gap bo‘lar.

Hozir bu vaziyatda ko‘nglimga uylanish sig‘adimi? Mening sog‘lig‘im joyida, hammasi joyida. Bu taqdir, hammasi taqdirdan. Eng og‘ir nuqtada shukr qilib, sabr qilsang, taqdiring o‘zgaraverar ekan.

Shu vaqtgacha uylanmaganimga shukr qilaman: jinni edim, tez jahlim chiqib ketardi, kibrim bor edi. Mendan ham shunaqa farzand tug‘ilardi-da. Men shunaqa deb tushungandim
", - deydi Aziz Rametov.

Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida «O‘tov», «Yo‘l bo‘lsin», «Shabnam», «Arslon izidan» kabi filmlari va yuzlab videokliplari orqali mashhurlikka erishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziz Rametov nega haligacha uylanmayotgani sababini ma’lum qildi (video)