16:00 / 13.06.2021
3 595

Noyob Katta Langar Qur’oni O‘zbekistonda restavratsiya qilindi (foto)


O‘zbekistonda saqlanib kelinayotgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni sahifalari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida restavratsiya qilindi.

Katta Langar Qur’onini restavratsiya qilish ishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining restavratsiya laboratoriyasida olib borilgan.

Jarayonda Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delo va Aurelya Streri, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining mudiri Kamoliddin Mahkamov va kutubxonaning yetakchi mutaxassisi, restavrator Saidrahmat Ikromov, O‘zbekiston milliy kutubxonasi konservatsiya va restavratsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhratilloh Po‘latov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Madaniy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur Mirzo Sayomov ishtirok etgan.

Restavratsiya uch bosqichda amalga oshirildi. Loyihaga taklif qilingan fransiyalik mutaxassislar uning 3-bosqichi uchun salkam 15 oy deganda Toshkentga qaytib kelib, maxsus press ostida turgan Katta Langan Qur’oni sahifalari restavratsiyasini yakunlashdi.

Jamg‘arma boshqaruv raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva qadimiy mus'haf endilikda yana ko‘p asrlar butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

"Katta Langar Qur’oni sahifalari yana ko‘p asrlar nafaqat biz – o‘zbekistonliklar, balki butun dunyo musulmonlari, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz", - dedi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, restavratsiya ishlari 2019 yilda boshlangan edi. Katta Langar Qur’oni .Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta Langar Qur’oni qo‘lyozmasining 17 ta sahifasi mavjud. Mus'haf VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi, uning charm muqovasi XIV asrga tegishli. Arabiy yozuv usullarining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan ko‘fiy-hijoziy xatida bitilgan qo‘lyozma oshlangan buzoq terisi – pergamentga muhrlangan. Sahifalarning o‘rtacha hajmi – 53x35 sm.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Noyob Katta Langar Qur’oni O‘zbekistonda restavratsiya qilindi (foto)