11:26 / 21.11.2021
5 168

O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi
Foto: O‘zbekiston milliy kutubxonasi
O‘zbekiston xalq artisti, «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari hamda «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni sohibi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida «Yor-yor», «Ajoyib hayolparast», «O‘tgan kunlar», «Nodirabegim», «Yettinchi jin», «Abu Rayhon Beruniy», «Yettinchi o‘q», «Shum bola» kabi juda ko‘plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda o‘zbek teatr san’ati rivojiga ham munosib hissa qo‘shgan.

Marhum 1956 yildan to 2009 yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, «Yosh gvardiya» teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi