Munisa Rizayeva Said Fozilov va Malika Toirovaning «Yulduzlar garderobining fashion tahlili» ko‘rsatuvining ilk mehmoni bo‘ldi. Ko‘rsatuv ijodkorlari xonandaning uyida mehmon bo‘ldi hamda uning 500 kvadrat metr maydonda joylashgan garderobini ko‘zdan kechirdi.
«Hozir boshqa uyga ko‘chganman, lekin garderobim shu yerda. Kiyimlarimsiz rosa qiynalyapman, lekin 35 yoshimda men alohida yashashim kerak», — deydi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva umuman uy ishlarini qilmasligini yashirib o‘tirmadi. «Chang artmayman, ovqat qilmayman, chunki vaqtim yo‘q, lekin turmushga chiqsam, bularni o‘zim qilaman», — deydi xonanda.
Shuningdek, ko‘rsatuvda Munisaning 8 ta xonada joylashgan garderobi ko‘zdan kechirildi.
«Kiyimlarning jinnisiman. Bitta kiyimni 2 marta kiyaman, uchinchi marta kiymayman. Kiymaydigan kiyimlarimni tarqatvoraman. 2011 yildan boshlab topgan daromadimning 80 foizini kiyim-kechakka sarflayman», — deydi Munisa Rizayeva.
Xonandaning aytishicha, bitta oyoq kiyimni bitta mavsum mobaynida kiyadi. Uning eng yaxshi ko‘rgan brendlari esa — Hermes, Tom Ford, Cristian Dior, Gucci.
Munisa Rizayeva garderobidagi eng qimmat ko‘ylak — Chanel brendiga mansub oq ko‘ylak.
«Sahna kiyimlariga investitsiya kiritaman, chunki daromadimning asosiy qismi — asosan sahnadan. Kiyimlarimning narxi juda ko‘pchilik ololmaydigan darajada qimmat bo‘lgani uchun, ularning narxini aytishni istamayman», — deydi Munisa Rizayeva. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi