13:00 / 18.03.2024
325

O‘zbekistonda Navro‘z bayrami kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

O‘zbekistonda Navro‘z bayrami kuni qanday ob-havo bo‘ladi?
“O‘zgidromet” hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 18—19 mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida kunduzi 18 mart kuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda 19 mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 22 darajagacha, janubda 25-28 darajagacha iliq bo‘ladi.

20—22 mart kunlari mamlakat hududiga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20—21 mart kunlari ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 21—22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20—21 martda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi saqlanib turadi.

Toshkentda 18—19 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20—22 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 21 martda 15-17 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat: bugun va ertaga 19-22 daraja iliq; 20 martda 17-19 daraja iliq bo‘ladi; 21—22 martda 10-15 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Navro‘z bayrami kuni qanday ob-havo bo‘ladi?