
“O‘zgidromet” 13—15 may kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
- Harorat 13 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja;
- 14 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja;
- 15 mayda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13 mayda ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
- Harorat 13 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja;
- 14 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja;
- 15 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat 13 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja;
- 14—15 mayda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 13 mayda 30-35 daraja;
- 14—15 mayda 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat 13 mayda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja;
- 14 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja;
- 15 mayda kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat 13 mayda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja;
- 14—15 mayda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar