16:50 / 22.11.2024
15

“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Faqat Surxondaryo viloyatida 23 noyabr, shanba kuni ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari 0-5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda 1-3 darada sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari 10-15 darajagacha iliq bo‘ladi. Bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun bo‘lgan iqlim me’yorlariga yaqindir.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol o‘rtacha tezlikkacha esadi.

“O‘zgidromet” noyabr uchun prognozida oyning ikkinchi yarmida shimoliy hududlar bo‘yicha harorat kechalari 0-5 iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi