Oʻzgidromet 27-29 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 27 yanvarda +9...+14, 28 yanvarda +5...+10, 29 yanvarda +2...+7; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, 28 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 29 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi 27 yanvarda +10...+15, 28 yanvarda +5...+10, 29 yanvarda +2...+7 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 28 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10, 29 yanvarda kechasi 0...+5, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27 yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7, 29 yanvarda kechasi -2...-7, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar