Xivada “Lazgi” xalqaro festivali tantanali ravishda ochildi

Xivada “Lazgi” xalqaro festivali tantanali ravishda ochildi
Qisqacha

Xivada "Lazgi" III xalqaro raqs festivali tantanali ravishda ochildi. Tadbirda turli davlatlardan kelgan raqs san'ati namoyandalari, UNESCO mutaxassislari va diplomatlar ishtirok etdi. Ochilish marosimida "Lazgi" raqsining uch ming yillik tarixi va uning jahon sahnalarida e'tirof etilishi ta'kidlandi. Bu raqs xalq ruhiyati va madaniyatini ifodalovchi noyob san'at namunasidir.

Xiva shahridagi qadimiy Ichan-qalʼa hududida “Lazgi” III xalqaro raqs festivalining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda turli davlatlardan kelgan raqs sanʼati namoyandalari, YUNESKO mutaxassislari, diplomatlar va olimlar ishtirok etdi.

Mehmonlar milliy madaniyat va tarixiy muhitni yaqindan his qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Ochilish marosimida davlat rahbarining tabrigi oʻqib eshittirildi.

Unda “Lazgi” raqsining uch ming yillik tarixga ega ekani va u jahon sahnalarida munosib eʼtirof etilayotgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, “Lazgi” xalq ruhiyati, madaniyati va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotni ifodalovchi noyob sanʼat namunasi sifatida baholandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar