Samarqand shahridagi sayyohlik kompaniyasi rahbari bir nechta fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Meksika orqali AQSHga olib chiqishni va’da qilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Samarqand va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar shaxsdan har biridan 32 ming dollardan talab qilgan. Jami 96 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritishni ko‘zlagan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamkorlikdagi tezkor chorasi davomida firma rahbari oldindan 15 ming dollarni qabul qilib olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov jarayoni davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar