Namanganda hokim darvozasi ostonasiga xat tashlab ketildi

1 daqiqa o'qish11.1K
Namanganda hokim darvozasi ostonasiga xat tashlab ketildi

Namangan viloyati Norin tumani hokimining yaqinda Prezident tashrifidan so‘ng ko‘chib o‘tgan uyi darvozasiga fuqaro tomonidan qo‘lda yozilgan xat topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ilova qilingan rasmlarda xatning mazmuni ham aks ettirilgan.

Xatda fuqaro Salima Qo‘ldosheva hokim Jo‘rabek Nurmatovga murojaat qilgan: «Hurmatli hokim, sizning qaroringiz tufayli biz oilaviy uysiz qoldik. Onam sarson-sargardonlikda vafot etdi. Men turmush qurganman, ukam esa hanuz uysiz, uylanolmay, vatanga hissa qo‘sha olmay yuribdi. Ishonamizki, siz qachondir o‘z uyingizga qaytasiz, biz esa 13 yildan beri qaytolmayapmiz. Hurmat bilan, Qo‘ldosheva Salima», – deb yozilgan.

Namanganda hokim darvozasi ostonasiga xat tashlab ketildi

24 sentyabr kuni Norin tumani hokimligi ushbu xat bo‘yicha rasmiy izoh berdi. Hokimlikdan ma’lum qilishlaricha, xat yuzasidan ishchi guruhi tekshiruv olib borgan va fuqaro bilan uchrashuv tashkil qilingan. Aniqlanishicha, Qo‘ldosheva avval hokim yoki hokimlikka murojaat qilmagan bo‘lib, ushbu xat orqali o‘z muammolari bilan chiqishi avvaldan o‘rganilgan. Hozirda tuman hokimi tomonidan Salima Qo‘ldoshevaga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda, shu jumladan «Ayollar daftari»ga ro‘yxatga kiritilgan.

Hokimlik xabarida qayd etilishicha, ukasi A. Qo‘ldoshev xorijda bo‘lgani sababli mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida videoaloqa orqali gaplashilgan va 10 kun ichida migratsiyadan qaytarish hamda muammolarini hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ilgari Namangan viloyat hokimligi tomonidan hokimning konteyner uyga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda xat yozilgan uy konteyner uy emasligi va atrofi qo‘rg‘on qilib o‘ralganligi ko‘rish mumkin.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan bo‘lib, aholi va fuqarolar e’tiborini mahalliy hokimiyat organlari va ijtimoiy adolat masalalariga qaratmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?