date

Andijondan Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoniga parvozlar boshlandi


Andijon aeroportidan endilikda Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoniga parvozlar amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi UzAirports matbuot xizmati. 2025/2026 yilgi kuz-qish mavsumi (oktyabrdan martgacha) uchun rejalashtirilgan jadvalga muvofiq, Andijondan muntazam xalqaro reyslar yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda bu yo‘nalishlarda oltita aviakompaniya — Uzbekistan Airways, Centrum Air, S7 Airlines, FlyOne Asia, Fly Khiva va Silk Avia xizmat ko‘rsatmoqda. Uzbekistan Airways Istanbul, Sankt-Peterburg, Moskva va Novosibirsk shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.

Silk Avia Toshkentga, Centrum Air esa Novosibirskka uchadi. Shuningdek, S7 Airlines Novosibirsk va Irkutskka reyslar tashkil etmoqda.

FlyOne Asia Jidda va Madinaga, Fly Khiva esa faqat Madinaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Andijon aeroporti 2025 yil 20 mart kuni keng ko‘lamli rekonstruktsiya ishlarining birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng qayta ishga tushirilgan edi.

Ushbu rekonstruktsiya davomida uchish-qo‘nish yo‘lagi, perron va samolyotlar uchun to‘xtash joylari yangilandi. Ishlarning to‘liq yakunlanishi yil oxiriga qadar kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijondan Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoniga parvozlar boshlandi