Nilufar Usmonova “Bilmayman” qo‘shig‘ini bugun muxlislarga taqdim etadi

Xonanda Nilufar Usmonova Instagram’dagi rasmiy sahifasi orqali muxlislari uchun yana bir yoqimli yangilikni e’lon qildi. U o‘zining navbatdagi yangi taronasi — “Bilmayman” nomli qo‘shig‘i bugun, 2 fevral kuni soat 18:00 da ilk bor taqdim etilishini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qo‘shiq xonandaning ijodiy faoliyatidagi navbatdagi yangicha ohang va kayfiyatni aks ettiradi. Nilufar Usmonovaning muxlislari ushbu premyerani katta qiziqish va intiqlik bilan kutib olishmoqda.
Xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ham yangi tarona haqidagi e’lon qisqa fursatda ko‘plab izohlar va iliq tilaklarga sabab bo‘ldi. Muxlislar “Bilmayman” qo‘shig‘i Nilufar Usmonovaning repertuaridan munosib o‘rin egallashiga umid bildirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing