date

Aviator savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Aviator savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan Aviator savdo markazida 31-yanvar kuni sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Gazeta.uz'ga bergan izohida.

Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 192¹¹-moddasi (Nodavlat tashkilotidagi mansabdor shaxsning vakolatni suiiste’mol qilishi) va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) asosida ochilgan.

Yong‘in savdo majmuasining ikkinchi qavatida, Pixel nomli bolalar o‘yin maydonchasi va bir nechta ovqatlanish nuqtalari joylashgan hududda yuz bergan. Majmuaning birinchi qavatidagi Korzinka supermarketiga ziyon yetmagan.

Afsuski, yong‘in o‘chirilgach, hodisa joyidan 2 yosh 7 oylik bolaning jasadi topilgan. Tergov davomida aniqlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan paytda signalizatsiya tizimi va purkagichlar ishlamagan, evakuatsiya uchun mo‘ljallangan zinapoya eshigi esa qulflab qo‘yilgan bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Aviator savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi ochildi