
O‘zbekiston kelgusi yil boshidan AQSh fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etadi. Bu haqda «O‘zA» axborot agentligi Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asoslanib xabar berdi.
Mazkur yangilikdan maqsad — ikki davlat o‘rtasida savdo, madaniyat, gumanitar aloqalar va turizmni rivojlantirishdir. Shuningdek, 2021-yil boshlab 55 yoshdan oshgan AQSh fuqarolari turizm maqsadida O‘zbekistonga 30 kunlik vizasiz tashrif buyurishlari mumkin.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 19,2 ming nafar amerikalik tashrif buyurgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 20,6 foizga ko‘pdir. Ularning 13,3 ming nafari sayohatni, 1,8 ming nafari ishni, 1,5 ming nafari esa qarindoshlarini ko‘rishni tashrif maqsadi sifatida ko‘rsatgan.
AQSh fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing