date

Iliq kunlar boshlanmoqda, 4 fevral uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi

Iliq kunlar boshlanmoqda, 4 fevral uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi

O‘zgidromet 4 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Kun davomida ko‘pchilik hududlarda yog‘ingarchilik kutilmayapti, ammo ayrim viloyatlarda kechga tomon yomg‘ir tushishi mumkin. Shu bilan birga, tuman va kuchayishi mumkin bo‘lgan shamol ham kun tartibida.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 16–18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarga tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan. Kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qashqadaryoda kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarga tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 17–22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s bo‘lib, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Iliq kunlar boshlanmoqda, 4 fevral uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qilindi