O‘zbekistonda yer qimirladı

Bugun, 3 fevral kuni soat 15:38 da O‘zbekistonning bir nechta nuqtalarida yer qimirlgani sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilaning magnitudasi 3,7 ball bo‘lib, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan. Epitsentr Baxmal tumani hududiga to‘g‘ri keladi. Qayd etilishicha, yer qimirlashi Toshkentdan 230 km janubiy-g‘arb tomonda joylashgan hududlarda, xususan Samarqand viloyati va Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida sezilgan.
Epitsentr koordinatalari: 39,62 daraja shimoliy kenglik, 67,56 sharqiy uzunlik.
Sezilish kuchi qaysi hududlarda qancha bo‘ldi?
- Bulung‘ur tumani — 2–3 ball (23 km)
- Baxmal tumani — 2–3 ball (26 km)
- Toyloq tumani — 2 ball (36 km)
- Urgut tumani — 2 ball (44 km)
- Jomboy tumani — 2 ball (45 km)
- G‘allaorol tumani — 2 ball (48 km)
Zilzila kuchli bo‘lmagani aytilmoqda, ammo bunday paytda ehtiyot choralarini unutmaslik kerak: liftdan foydalanmaslik, og‘ir buyumlar yaqinida turmaslik va xavfsiz joyga chiqish.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!