Xuquqiy demokratik davlatda inson, uning hukuk va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insonning tabiiy huquq va erkinliklarini e’tirof etish, amal qilish xamda ximoya qilish davlatning asosiy vazifasidir, deyiladi "Sharh.uz" saytida.
Davlat o‘zining bu himoya qilish vazifasini hokimiyatning barcha tarmoqlari orqali amalga oshiradi. Biroq, xuquq va erkinliklarni himoya qilishda sudning roli muhim va asosiy vazifani o‘tash bilan boshqalardan ajralib turadi. Shuning uchun ham demokratik huquqiy davlat qurilishida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlar bilan bir qatorda sud xokimiyatinig mavjud bo‘lishi hamda uning amaldagi mustaqilligi ta’minlanishi muxim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlaboq O‘zbekiston Respublikasida kuchli va mustaqil sud hokimiyatining yuzaga kelishi yo‘lidagi qator qiyinchiliklarni bartaf qilish maqsadida sud islohotini bosqichma bosqich amalga oshirishga kirishildi. Chunki sobiq tuzumdan bizga sovetlar oldida hisobdor bo‘lgan, adliya organlariga bo‘ysunadigan, sudyalar esa partiya a’zosi bo‘lishi shart bo‘lgan sud meros bo‘lib o‘tgan edi. Sudlar va boshqa jazolovchi organlar adashmaydigan, qatag‘onga qaratilgan, shubha, gumonni bilmaydigan qilib o‘ylab topilgan edi.
Sud hokimiyatini isloh qilish, uning mustaqilligini ta’minlash va mustahkamlash uchun umume’tirof etilgan xalqaro standartlardan biri – Birlashgan Millatlar tashkilotining ettinchi kongressi tomonidan qabul qilingan. "Sud organlari mustaqilligiga oid asosiy prinsiplar" va qator xalqaro xujjatlar asos sifatida olindi. Mazkur pirnsiplarga ko‘ra sudning vazifasi o‘z vakolati doirasidagi ishlarin xolis, beg‘araz, faqat qonunga bo‘ysungan holda hech qanday cheklovlarsiz, tazyiqlarsiz va rag‘batlarsiz ko‘rib, hal qilishdir. Ana shunday sud hokimiyatini shakllantirish g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilib, mamlakatimizdagi sud islohotining bosh maqsadi qilib belgilandi. "Sud jazolovchi organdan oddiy odamlaring huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo‘lib qolishi lozim", deya ta’kidlagan edi birinchi Prezidentimiz.
Sud hokimiyatining huquqiy himoya funksiyasi g‘oyalari O‘zzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qator moddalarida o‘z aksini topdi. Sud hokimiyatining tashkil etilishi va amal qilishi asoslarini belgilovchi Konstitusiyaviy normalar keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining "Sudlar to‘g‘risida"gi, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi to‘g‘risida"gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik prosessual kodeksi, Xo‘jalik prosessual kodeksi, Jinoyat va Jinoyat prosessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa qonunlarda mustahkamlandi.
Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo‘lmagan tarmog‘i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish masalasi doimiy ravishda davlatimizning eng ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib keldi. Shu maqsadda qator Davlat dasturlari qabul qilinib, bu sohani yanada liberallashtirish masalasi muntazam ravishda muxokama qilinib, isloh qilinib kelmoqda.
2016 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni ham mazkur sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lishi bilan birgalikda, sud-huquq sohasida yig‘ilib qolgan jiddiy muammolarning echimiga qaratilgan. Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida barcha sohadagi kabi fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi borasida mavjud qonunchilikni tahlil qilish, ulardagi ziddiyatlarni aniqlab, bartaraf etish orqali davlatning himoya funksiyasini amalga oshiruvchi sudning rolini yanada oshirish eng dolzarb masalaga aylangan edi. Qabul qilingan Farmonning har bir bandini o‘rganar ekanmiz, ular hayotdagi, qonunlarni qo‘llash amaliyotidagi jiddiy to‘siqlar va qarama qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilganligini his qilamiz.
Xo‘sh, Farmon qabul qilinishiga zarurat paydo qilgan amaldagi vaziyat qanday edi va Farmon bu borada qanday o‘zgarishlarga olib keladi? Shu kabi savollarga javob izlab, Farmonning ayrim jihatlariga to‘xtalmoqchimiz. Hususan, Farmonning 2- bandiga ko‘ra sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi takliflarma’qullanishi belgilandi. Amaldagi "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunning 63-moddasiga ko‘ra sudyalik lavozimiga besh yil muddatga tayinlanadi (saylanadi). Ushbu muddatga tayinlangan sudyaning keyingi faoliyati, ya’ni yana uni sudyalikka taqdim qilinishi masalasi sud raislarining fikri bilan bog‘liq hisoblanadi. Bu esa sudyalarningyuqori lavozimdagi sudyaga qaram bo‘lishiga, oqibatda esa uning qarorlarni mustaqil qabul qila olmaydigan holat yuzaga kelishiga, yuqori sudlarning quyi sudlarga ta’siro‘tkazishiga, ya’ni sudya o‘zi qabul qilayotgan sud aktini o‘z ichki ishonchi va dalillar, ish xujjatlari asosida emas, sud raisi bilan kelishgan holda qabul qilishga majbur bo‘ladigan vaziyat mavjud edi. Ishni mazmunan ko‘rishda ishtirok etmagan sud raisining fikr bildirib, yakuniyqaror qabul kilishda uning muxim rol o‘ynashi albatta sudning xolisligi prinsiplarining buzilishiga olib kelar edi. Sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlanishi sudyalarning o‘ziga ishonchi paydo bo‘lishiga, hech kimga qaram bo‘lmagan holda, mustaqil, xolis va beg‘araz va faqat qonunga asoslangan holda ishni mazmunan ko‘ra olishiga imkoniyat tug‘diradi. Bu esa o‘z navbatida xalkaro amaliyotda mavjud bo‘lgan sudlar va sudyalarga qo‘yilgan talab va imkoniyatlarga to‘liq mos keladi.
Farmonning 3-bandi 7-xat boshisiga ko‘ra tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinishi belgilab qo‘yildi. Bunday katta o‘zgartirishlarga olib keladigan yangilikka zarurat mavjud edi. Chunki, amaldagi Jinoyat prosessul kodeksining 23-moddasiga ko‘ra aybdorlikka oid barcha shubhalar basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Dastlabki surishtiruv va tergov organi jinoyat sodir etgan shaxsga ayb e’lon qilishda, uning ushbu jinoyatni sodir qilishdagi aybdorligini (aybsizligini) albatta isbot qilib berishga majbur, chunki ayblanuvchi aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra, sudning chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirmaganga qadar aybdor deb hisoblanmaydi. Gumon qilinuvchi, yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emasligi ham mazkur moddada belgilangan bo‘lsada, jinoyat sodir etgan shaxsning aybdorligini isbotlash majburiyati Jinoyat prosessual kodeksining 86-moddasiga ko‘ra tergovchi, surishtiruvchi, prokuror va sudga yuklatilgan. Mana shu majburiyatdan kelib chiqib, sud amaldagi JPK talablariga ko‘ra surishtiruvchi va tergovchi tomonidan qonun talablari buzilganligi holatlari mavjud bo‘lsada jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarishi amaliyoti mavjud edi. Ushbu qonun normasida zikr etilgan shaxsning aybdorligini isbotlash vazifasi bevosita sudga ham yuklatilganligi, odil sudlovning sud tomonidan amalga oshirilishi prinsipiga zid edi. Bu holat esa O‘zbekistonda oqlov hukmlari yo‘q darajada ekanligiga olib keldi. Jinoyat ishida shaxsni ayblash uchun dalillarning etarli emasligi aniqlanganda sud oqlov hukmi chiqarish o‘rniga jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarishi tergov va surishtiruv organlarigao‘zlarining yo‘l qo‘ygan xato, kamchiliklarini xaspo‘shlash, bartaraf etish imkoniyatini yaratib beradi. Natijada qonun talablari buzilgan jinoyat ishlarining qayta-qayta sudga chiqarilishi va bu borada aybdor shaxslarning jazoga tortilmasligi holatlari yuzaga keladi. Vaholanki, qonunlarimizda aybsiz kishini javobgarlikka tortganlik, adolatsiz hukm yoki qaror chiqarganlik kabi holatlar uchun jiddiy javobgarliklar belgilangan. Tergovning to‘liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish institutining bekor qilinishi o‘z navbatida tergovva surishtiruv organlarining o‘z ishiga jiddiy, mas’uliyat bilanyondashishi, asossiz ayblovlar qo‘yilishining oldi olinishi,shaxsning aybdor ekanligini isbotlovchi dalillar etarli bo‘lmasa, uni oqlash to‘g‘risida hukm chiqarilishi va natijada sudning tom ma’nodagi himoya funksiyasini amalga oshirishiga to‘liq imkoniyat yaratadi.
Farmonning 3-bandida yana bir-biridan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jiddiy yangiliklar o‘z aksini topgan. Hususan, viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlari bekor qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinishi kabi o‘zgartirishlar yuqorida ta’kidlanganidek, sudning mustaqilligini to‘laqonli ta’minlanishiga asos yaratadi. Chunki, sud hokimiyatining mustaqilligi deganda, uning nafaqat hokimiyatning qolgan ikki tarmog‘i – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan mustaqilligini, balki prokuratura organlari va o‘zidan yuqori turuvchi sudlardan ham mustaqil tarzda faoliyat yuritishi, konkret ishni mazmunan ko‘rib hal qilishda faqat qonunga bo‘ysunishi tushuniladi. Sudlarda ko‘rilgan ishlarning qonuniyligi, asosliligi yuzasidan shikoyat berish yoki protest keltirish uchun appelyasiya va kassasiya institutining mavjudligi bu borada manfaatdor taraflarning haq-huquqlari ta’minlanishi uchun etarli bo‘lgan mexanizmlardan iborat. Farmonga asosan kiritilayotgan bu o‘zgartirishlar sudning tom ma’nodagi mustaqilligini, uning hech kimga tobe bo‘lmagan holda ishlarni ko‘rib, hal qilish sharoitini yaratadi.
"Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmonining qolgan barcha bandlari ham bugungi kundagi amaliyotda mavjud bo‘lgan juda katta muammolarni hal qilishga, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasi ta’minlanishiga qaratilgan. O‘ylaymizki, mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash orqali O‘zbekistonda xalqaro huquqiy normalardagi inson huquq va erkinliklarining sud tomonidan himoya qilinishi hamda har kimning odil sudlovga bo‘lgan huquqi masalalariga oid umume’tirof etilgan prinsiplarga amal qilish ta’minlanadi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida, qonun ustuvorligi ta’minlanishida sudning roli va nufuzi ortadi.
Shoira Umarova – yuridik fanlar nomzodi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi